APLda 100ga yaqin gol urgan Yakubu futboldan ketdi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2017, 23:20
Nigeriya terma jamoasi sobiq hujumchisi Yakubu Ayegbeni futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

Bugun futbolchi 35 yoshga to'ldi. Nigeriyalik futbolchining so'nggiklubi Koventri bo'lgandi. Ushbu jamoa safida u fevral oyida 3ta o'yinda maydonga tushgandi.

Ayegbeni faoliyati davomida Makkabi Xayfa, Portsmut, Midlsbro, Everton, Lester, Blekbern, Reding, Kayserispor va boshqa klublarda o'ynadi.

Hujumchi APLda jami 250ta o'yin o'tkazib raqiblar darvozasiga 96ta gol urgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com