"Napoli" "Arsenal" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher Ostonov
18 may 2025, 15:22
"Arsenal" himoyachisi Yakub Kiver faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli polshalik futbolchiga "Napoli" davogarlik qilmoqda. Shu bilan birga, neapolliklar londonliklar futbolchining narxini 35 million evroga tushirishini istamoqda.

Kiver joriy mavsum 28 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 2 ta golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 22 million evroga baholamoqda.



Alisher OstonovMuallif
Manba: Calciomercato