"Milan" "Arsenal" himoyachisi bilan muzokaralarni boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2023, 14:28
"Milan" qishki transfer oynasida "Arsenal" va Polsha termasi vakili Yakub Kiviorni o'z safiga qo'shib olishni reja qilgan.

O'yinchi Londondan kyetishni niyat qilgan. Kiviorning agenti "Milan" bilan muzokaralar uchun Italiyaga yetib borgan.

23 yoshli polshalik "Arsenal"ga 2023 yil qishida ko'chib o'tgandi. Futbolchining shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Bu mavsum Kivior barcha musobaqalarni inobatga olganda 8 o'yinda maydonga tushdi. 

"Transfermarkt" portali himoyachi transferini 25 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Arsenal" himoyachisiga "Roma" ham qiziqayotgani haqida xabar bergandik. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Никола Шкира твиттери