APL. Trezegening dubli “Aston Villa”ga muhim uch ochkoni keltirdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2020, 20:20
Angliya chempionati 35-turidan o'rin olgan navbatdagi bahs yakunlandi.

Autsayderlar qatoridagi “Aston Villa” o'z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qilib, 2:0 natijasi bilan zafar quchdi. O'yindagi ikkala golni ham mezbonlarning misrlik forvardi Mahmud Hasan Trezege urgan.

Aston Villa – Kristal Pelas 2:0 

Villa Park

Gollar: 1:0 – 45 Trezege, 2:0 – 59 Trezege.

Aston Villa – Reyna, Konsa, Mingz, Teylor (Targett, 37), Al-Muxammadi, Duglas Luis, Xurixeyn (Nakamba, 80), Grilish, Makginn, Trezege (El-Gazi, 88), Samatta (Devis, 80).

Kristal Pelas – Guaita, van Anxolt, Uord, Sako, Denn, Makartur (Makkarti, 46), Milivoevich (Mayer, 75), Kuyate (Ridevald, 65), Zaa, Benteke, Ayyu (Taunsend, 65).

Ogohlantirishlar: Zaa (27), Mingz (27), Sako (27), Kuyate (54), Milivoevich (67), Duglas Luis (90).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia