

U Angliya professional futbol assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan muxlislar o'rtasida o'tkazilgan mavsum futbolchisi uchun so'rovnomada eng ko'p ovoz to'pladi va “Man Siti” yetakchisi Kevin de Bryuyneni ortda qoldirdi.
Qayd etish joizki, ovoz berish jarayonida APLdagi 20 ta klub sardorlari va futbol ekspertlari ham qatnashdi.
Avvalroq, 29 yoshli misrlik Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi (FWA) tomonidan ham yil futbolchisi deb topilgandi. Shuningdek, uning “Man Siti” darvozasiga kiritgan to'pi Premer-liga yakunlangan mavsumidagi eng chiroyli gol sifatida qayd etildi.



