APL. "Liverpul" van Deykni mavsum uchun berilgan qaydnomadan chiqarib tashladi

Angliya Premer-ligasi rasmiy saytining xabar berishicha, "Liverpul" Virjil van Deykni musobaqaning joriy mavsumi uchun beriladigan yakuniy qaydnomadan chiqarib tashlagan.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik himoyachi APL 5-turi doirasidagi "Everton" (2:2) bilan o'yinda tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. Keyinroq uning jarrohlik amaliyotiga muhtojligi tasdiqlandi. Van Deyk tez orada jarroh stoliga yotadi, uning to'liq tiklanishi uchun 6-8 oy muddat talab qilinishi aytilmoqda.

"Liverpul" van Deykka o'rinbosar topdi 


Manba: Sky Sports