APL klublari "Shalke" forvardi uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
16 fev 2021
"Shalke"ning 19 yoshli amerikalik hujumchisi Mettyu Xopp faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Forvardning xizmatlariga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.

Xopp joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

Futbolchining "Shalke" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt forvardni 3 million evroga baholagan.


AlisherMuallif
Manba: 90min