APL klubi Patrik Kutronedan so'ng yana bir "Milan" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
21 okt 2019, 15:31
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse qishda "Vulverxempton"ga o'tishi mumkin.

22 yoshli ivuarlik futbolchi yozda ingliz klubiga o'tishi mumkin edi, ammo klublar kutilmaganda muzokaralarni to'xtatib qo'yishgan edi.

Kesse joriy mavsum A Seriyada 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Frank "Stella d'Ajame" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini shu yerda boshlagan. Futbolchi "Milan"ga qadar "Atalanta" va "Chezena" jamoalarida o'ynagan. U 2014 yilda beri Ivuar terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Milan" sobiq o'yinchisi Patrik Kutrone yozda "Vulverxempton" a'zosiga aylangan edi.


AlisherMuallif
Manba: CalcioMercato