APL. Eriksen tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tdi

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2022
Bu haqda jurnalist Layall Tomas xabar bermoqda.

Unga ko'ra, yarim himoyachi Kristian Eriksen “Brentford” bazasida tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tdi. U tez orada APL klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Qayd etilishicha, daniyalik futbolchi bilan bitim bir yilga uzaytirish sharti bilan joriy mavsum oxiriga qadar tuziladi.

29 yoshli xavbek bundan oldin Angliyada “Tottenxem” (2013-2020) sharafini himoya qilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com