APL. 90+5 daqiqada Alisson tomonidan urilgan gol “Liverpul”ga muhim g'alabani keltirdi

Eldor Akmurzayev
16 may 2021
Angliya chempionati 36-turidan o'rin olgan “Vest Bromvich” – “Liverpul” uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Hakam tomonidan asosiy bo'lim qo'shib berilgan oxirgi daqiqalarda mersisaydliklar kiperi Alison Beker burchakdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol etdi va jamoasiga muhim ochkolarni keltirdi.

Yurgen Klopp shogirdlari ochkolari sonini 63 taga etkazib, kuchli to'rtlikka yaqinlashdi. 19-pog'onadagi “Vest Bromvich” esa allaqachon quyi divizionga ravona bo'lgan.

"Vest Bromvich" – "Liverpul" 1:2

"Xotorns"

Gollar: 1:0 – 15 Robson-Kanu, 1:1 – 33 Saloh, 1:2 – 90 Alisson.

"Vest Bromvich" – Jonston, Bartli, Taunsend, Adjayi, Ferlong, Diangana (Meytlend-Naylz, 73), Yokushlu (Livermor, 75), Gallaxer, Fillips, Mateus Pereyra, Robson-Kanu (Grant, 82).

"Liverpul" – Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Uilyams (Veynaldum, 84), Fillips, Djons (Shakiri, 59), Fabino, Saloh, Tiago Alkantara, Mane, Firmino.

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia