Anzur Ismoilov va "Chanchun Yatai" mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2015
Xitoy Superligasida 2015 yilgi mavsum start oldi.
Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi safarda "Shandong Luneng"ga qarshi bahs bilan boshladi. O'yinda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishdi. Ismoilov "Chanchun" safida to'liq o'ynadi.

Klub keyingi o'yinni 15 mart kuni o'z uyida "Shijiazuang Yongchang"ga qarshi o'tkazadi.

Xitoy Superligasi
"Shandong Luneng" - "Chanchun Yatai" 2:0
Gollar:
Vang Yongpo 24, Xao Junmin 68
Chetlatish: Ma Ksiaoley 90+4

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia