Anxel Torres: "Gvardiola "Xetafe"ni boshqarishga tayyor edi"

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017, 15:18
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Xetafe"ni boshqarishi mumkin edi.

Bu haqda ispan klubi prezidenti Anxel Torres ma'lum qildi.

"Gvardiola "Barselona" yoshlarini boshqarganda jamoamiz ustoziga aylanishi mumkin edi. Ko'k-anorranglilarni Mikael Laudrup bilan bog'lashayotgandi va biz Gvardiolaga qo'ng'iroq qilik. Shunday qilib, unga "Barselona" qo'ng'iroq bo'lgunigacha gaplashib oldik. Gvardiola "Xetafe"ni boshqarishga tayyor edi" - deydi Torres.

Gvardiola 2008-2012 yillarda "Barselona"ni boshqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero