Anxel Di Mariya: "Biz doim Neymar bilan Messi haqida gaplashamiz"

Alisher
11 iyun 2019
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Neymar bilan "Barselona" yetakchisi Lionel Messi haqida ko'p muloqot qilishlarini aytib o'tdi.

- Menga Messi bilan o'ynash juda ham yoqadi. U maydonda qilayotgan harakatlarini tushunishingiz qiyin. Bu fantastika. Biz Neymar bilan Leo haqida ko'p gaplashamiz. U menga o'zi, Suares va Leo bilan "Whatsapp"da guruhlari borligini aytadi. Biz doim u haqida muloqot qilamiz.

Di Mariya joriy mavsum barcha turnirlarda 48ta o'yin o'tkazib, 20ta gol va 14ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo