- O'yin juda keskin va shiddatli qiziqarli o'tdi. “Obod” o'yinni tashkil etish va taktika borasida biz uchun birmuncha noqulay raqib sanalardi. Buni birinchi davrada Toshkentda qayd etilgan durangdan ham bilsa bo'lardi. Shu bois o'yin ancha qiyin kechishini sezgandik. Xayriyatki murabbiylar ko'rsatmalariga to'liq amal qilib, muxlislar oldida muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Qolaversa, ushbu o'yinda gol kiritganimdan ham xursandman. Bu “Buxoro” safida joriy mavsumdagi ilk golim bo'lganligi uchun ham men uchun nihoyatda muhimdir.
Ikkinchi taymdagi sust o'yin sababi? Birinchi taymda hisobni ochganimiz bois tanaffusdan so'ng ushbu hisobni saqlash uchun himoyaga ko'proq e'tibor qaratdik. Qolaversa, bugungi issiq ob-havo ham o'yin sifatiga ta’sir qildi.
"Buxoro" matbuot xizmati