Anvar Berdiev qo'l ostidagi "Turon" yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini Toshkentda davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2022
Yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan xolda tayyorgarlik jarayonini qizg'in ruhda olib borayotgan Yayopan jamoasining navbatdagi yig'ini Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Ertaga, 8 fevral kunidan boshlab jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotlari poytaxtimizga ko'chadi.

Toshkent yig'inida qatnashadigan "Turon" delegaciyasi tarkibi:

Bosh murabbiy: Anvar Berdiev

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Vadim Barnich

Yordamchi murabbiy: Azizxon Isomiddinov

Darvozabonlar murabbiyi: Andrey Baklanov

Jamoa tarkibi:

Darvozabonlar: Akmal Tursunboev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Mirzohidjon Jalilov

Himoyachilar: Xushnudbek Avilov, Ismoiljon Oxunjonov, Marlen Chobanov, Asliddin Toshtemirov, Abdug'ani Kamolov, G'olibbek Sariboev, Siyovush Xabibulloev

Yarim himoyachilar: Bobur Qosimov, Doniyor Ismoilov, Sardor Abduraimov, Sharif Rahmatov, A'zam Aliev

Hujumchilar: Asilbek Qayumov, Xumoyun Murtozaev, Rustamxon Azimov, Abdulazizxon Abdurashidov, Aziz Ibragimov, Kim Bo Yong

Mamur: Nozimjon Samatov

Klub shifokorlari: Gennadiy Cherefanov, Dilshod Ulug'bekov, Bahodir Xaydarov

Klub media va matbuot xizmati xodimlari: Bekzod Tolibov, Dilmurod Ergashev, Dilmurod Isaqov

Klub tarjimoni: Nurullo Subhonov.

Shuningdek, yosh iqtidorli himoyachi Saidafzalxon Ahrorov ayni kunlarda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'inlarida ishtirok etayotganligi tufayli jamoa mashg'ulotlariga 11 fevral kunidan kelib qo'shiladi.

Toshkent shahrida tashkil etiladigan tayyorgarlik jarayoni 8-16 fevral kunlariga belgilangan. Yig'in davomida "So'g'diyona" (9 fevral) va "Lokomotiv" (16-fevral) klublari bilan nazorat o'yinlarini o'tkazish rejalashtirilmoqda.

"Turon" matbuot xizmati


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcturon.uz