Antonio Konte: "Inter" 8 yildan beri chempionlik uchun kurashmayapti"

Yaqinda "Inter" bilan shartnoma imzolagan Antonio Konte klub haqida fikr bildirdi.

"Yurakdan qattiq ishlashim lozim. Bu meni qonimda bor. Marottaning borligi "Inter"ga qo'shilishim uchun xizmat qildi. Bu ularning niyatlari jiddiy ekanini tasdiqlaydi. 

Jamoa 8 yildan beri birinchi o'rin uchun kurashmayapti. "Inter" mana shu muammoni bartaraf etishni xohlamoqda va men Stiven Chjan (klub prezidenti) qo'ygan maqsad uchun bel bog'ladim.  

"Inter" qayerda bo'lishi kerak bo'lsa, o'sha o'ringa qaytishini istayman", - deydi Konte.

Qayd etish kerak, 50 yoshli italiyalik mutaxassis "Yuventus"ni 3 karra (2012-2014 yillar) A seriyada chempion qilgan va "Chelsi" klubidagi debyut mavsumida (2016/2017) APL chempioni bo'lgan.  

Konte "Inter"ga bosh murabbiy bo'lganidan so'ng birinchi intervyusini berdi

Rasman: Antonio Konte - "Inter" bosh murabbiyi (31 may, 10:10)


Manba: football-italia.net