Antonio Konte: "Bu o'yin Italiya futboli uchun ajoyib reklama bo'ladi"

"Yuventus" bosh murabbiyi Antonio Konte Yevropa ligasidagi "Fiorentina"ga qarshi kechadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Jamoamning jismoniy holati joyida. So'nggi paytlarda juda ko'plab o'yinlar o'tkazayotganimiz sabab, har o'yinda tarkibda o'zgarishlar amalga oshirishga to'g'ri kelmoqda. Men jamoamdagi barcha futbolchilarga ishonaman va qaysi futbolchi foyda keltira olsa, o'shani tarkibga kiritaman. Pol Pogba hozir ajoyib formada. U haqida yozilgan tanqidlar noo'rin. So'nggi bahsdagi uning harakatlarini ko'rib chiqdim va Pogba yaxshi uchrashuvni o'tkazganiga yana bir bor amin bo'ldim. "Fiorentina" juda yaxshi jamoa. Ular Yevropa ligasida uzoqroqqa borishni rejalashtirishgan. Biz esa navbatdagi skudettoni qo'lga kiritmoqchimiz va albatta o'z maydonimizda kechadigan Yevropa Ligasi finalida ishtirok etib,  ushbu turnirda g'alaba qozonmoqchimiz. "Fiorentina" bilan bo'ladigan o'yin Italiya futboli uchun ajoyib reklama bo'ladi. 


Manba: juventus.ru