Ansu Fati nima sababdan “Xetafe”ga qarshi o'ynay olmasligi ma'lum bo'ldi

Fati “Barselona”ning La Liga 7-turi uchun o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Ma'lum bo'lishicha, 16 yoshli hujumchi oyoq paylaridan olgan jarohati sabab “Xetafe”ga qarshi o'tadigan o'yinda qatnasha olmaydi. Qayd etish joiz, Fatidan tashqari mazkur bellashuvni jamoa yetakchisi Leo Messi ham o'tkazib yuboradi.

“Xetafe”-“Barselona” bahsi 28 sentyabr, 19:00 da boshlanadi.


Manba: Mundo Deportivo