Angliyaning 3 ta klubi Garnachoga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025, 14:36
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi mumkin.

"Qizil iblislar" yozda argentinalik futbolchi uchun takliflarni tinglashga tayyor. Jurnalist Saymon Jons xabariga ko'ra, "Chelsi", "Aston Villa" va "Tottenxem" Garnachoni safiga qo'shib olmoqchi. 20 yoshli futbolchiga Italiyaning "Napoli" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Alexandro Garnacho 45 million evroga baholangan. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Garnacho o'tgan mavsum MYU tarkibida 58 o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC