


"O'yin mutlaqo adolatsiz o'tdi. Italiya terma jamoasi futbolchilari angliyalik futbolchilarga nisbatan quldek munosabatda bo'lgan bo'lsalar-da, qizil kartochka olishmadi. Bunday xatti-harakatlardan keyin ularga g'alaba qozonishga qanday ruxsat berildi? Hakamlar noxolis bo'lishdi. Italiyaliklar chetlatilishga loyiq edilar, shuning uchun uchrashuv halol hakam bilan qaty o'ynalashi kerak ", – deyiladi peticiya matnida.
Eslatib o'tamiz, Angliya tarixda ilk bor Yevropa chempionati finalida o'ynadi. Bahsda Angliya o'yin boshida hisobni ochdi, ammo ikkinchi bo'limda Italiya muvozanatni tikladi va penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi.



