Angliyada rekord o'rnatgan murabbiy MYUni tekinga boshqarishga tayyor

Mirjalol Normatov
4 okt 2025, 00:36
Nil Uornok "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyorligini bildirdi.

"Ularda muammolar juda ko'p, men esa hozir ishsizman. Ulardan bir funt ham olmayman, tekinga ishlashga tayyorman. Ismimni ro'yxatga qo'shib qo'yavering", - dedi 76 yoshli mutaxassis.

Uornok bunga qadar "Midlsbro", "Kardiff", KPR, "Kristal Pelas", "Lids", "Sheffild Yunayted" va boshqa klublarda ishlagan va Angliyada 7 klubda 8 marta quyi ligaga tushib kyetib, rekord o'rnatgan.

Uning so'nggi jamoasi 2024 yilda "Aberdin" bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Talksport