Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi "Manchester Yunayted"ga Ronaldudan qutulishni maslahat berdi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2022
Angliya termasi sobiq o'yinchisi Pol Merson "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyatni baholadi.

Unga ko'ra, klub portugaliyalikdan qutulishi kerak.

"Doston imkon qadar tezroq tugashi lozim. Ronaldu nima istayotganini aytdi, nega uni ushlab turish kerak? U uzoq vaqtdan beri futbol o'ynamadi va hozir 37 yoshda. Formada bo'lish va o'ynash uchun mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi. Buni sizga har bir futbolchi aytadi. U endilikda jamoani kuchli to'rtlikka kiritish uchun etarli darajada yaxshi holatda bo'lmaydi. Agar Ronaldu qolsa, ular baribir omon qolishmaydi ", – dedi Merson.

Avvalroq, 37 yoshli Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etib, Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi klubga o'tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalik futbolchiga "Atletiko", "Real", "Bavariya" va "Napoli" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ronaldu o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror