Angliya futbol associaciyasi JCHdan keyin Sautgeytni saqlab qolmoqchi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022
Muhim o'yin oldidan murabbiyni qo'llab-quvvatlashyapti.

Angliya futbol associaciyasi Garet Sautgeytni bosh murabbiy sifatida saqlab qolish uchun hamma narsani qildi, deb xabar berdi "Daily Mail".

2022 yilgi Jahon chempionatidan keyin murabbiy 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomaga qaramay, o'zini klub darajasida sinab ko'rmoqchi. Biroq ingliz futboli rahbariyati uni Angliya termasida qolishga ko'ndirmoqchi.

Sautgeytning asosiy yutuqlari – JCH-2018 yarim finali va Evro-2020 finali. JCH-2022 chorak finalida angliyaliklar Fransiyaga qarshi o'ynashadi. O'yin 10 dekabrga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail