

Angliya futbol associociyasi "Brentford" klubi hujumchisi Ayven Touniga pul tikish bo'yicha yana 30 ta qoidabuzarlik borasida ayblovlar qo'ydi. Eslatib o'tamiz, Touni noyabr oyida 232 ta qoidabuzarlik bo'yicha ayblangandi. Endi Touni 4 yanvarga qadar bu ayblovlarga javob berishi kerak.
Ma'lumot uchun, Ayven Touni APLning 14 uchrashuvida 10 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi. U APL to'purarlari ro'yhatida hozirda uchinchi o'rinda turibdi.



