Angliya chempionati. Pogba va Ibragimovich qaytgan o'yinda “MYU” yirik g'alabani tantana qildi

APL 12-turida “Manchester Yunayted” o'z uyida “Nyukasl” ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda garchi mehonlar Geylning golidan keyin hisobda oldinga chiqib olgan bo'lishsada, keyinchalik mezbonlar Benites jamoasi darvozasini gollarga to'ldirishdi. E'tiborli tomoni, jarohatdan qaytib safga qaytgan Pogba shu kuni o'z hisobiga gol yozish bilan birga, jamoasining ilk goliga asisstentlik qildi. Uchrashuv oxirlarida etti oylik tanaffusdan keyin Ibragimovich ham maydonga chiqdi.

Yakunda  4:1 hisobida g'alaba qozongan “MYU” ochkolari sonini 26 taga etkazib, hamshaharli “Manchester Siti”ni taqib  etishda davom etmoqda.


APL, 12-tur.

Manchester Yunayted – Nyukasl 4:1

Gollar: 0:1 – 14 Geyl, 1:1 – 37 Marsyal, 2:1 – 45 Smolling, 3:1 – 54 Pogba, 4:1 – 70 Lukaku.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang, Mata (Errera, 83), Matich, Pogba (Fellayni, 70), Marsyal (Ibragimovich, 77), Reshford, Lukaku.

Nyukasl –Elliot, Klark, Mankilo, Yedlin, Lejen, Ritchi (Aarons, 66), Xeyden, Shelvi, Merfi, Geyl (Diame, 77), Xoselu (Mitrovich, 71).

Ogohlantirish: Xeyden (12), Smolling (67).





Manba: championat.asia