Andrey Shipilov: "Shogirdlarim ko'rsatmalarni deyarli 99 foizga ado etishdi"

Narzulla Saydullayev
27 apr 2019
“Metallurg” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirdi:

- Umuman olganda, bugun biz ushbu bahs uchun berilgan barcha ko'rsatmalarni deyarli 99 foizga ado eta oldik. Buni yakuniy natija ham aytib turibdi. Qo'lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan butun jamoamizni tabriklayman. Asosiy maqsadimiz keyingi uchrashuvlarda ham faqat va faqat olg'a intilish, - deya qisqacha fikr bildirdi mutaxassis.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz