Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasidan keyin qayerda ishlamoqchi ekanligini aytdi

Alisher
2 dek 2019
Andrey Shevchenko kelajakda Italiya A Ceriyasi klubini boshqarishni istashini bildirdi.

"Evro-2020ga chiqish uchun bor kuchimizni sarfladik. Ajoyib o'yin bilan yaxshi natijaga erishdik. Men kelajakka ijobiy qarayman. Keyingi maqsad - turnirning so'nggi bosqichiga chiqish. Biz barcha raqiblarga qarshi o'ynay olamiz. Jumladan, oldinroq to'qnash kelgan raqibimiz - Niderlandiyaga qarshi ham.

Italiya Evro-2020da g'olib bo'la oladimi? Albatta, ular saralashda yetakchilik qilib, vazifani uddaladi. Manchini juda zo'r ishlamoqda. Italiyaga qaytishim mumkinmi? Ukraina bilan hamkorlikni tugatgandan so'ng.  

"Milan"? Men faqat bitta narsani aytaman: "Forca, Milan"!", - deydi Shevchenko.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 final bosqichida ukrainaliklar Avstriya va Niderlandiya terma jamoasi bilan bir guruhga joylashishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports