Andrey Shevchenko Shotlandiya grandini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 okt 2021
Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko "Seltik" ustoziga aylanish ehtimoli bor, deya xabar berdi "The Sun" nashri.

Manbaga ko'ra, ukrainalik mutaxassis faoliyatini Britaniyada davom ettirish istagida. 

O'z o'rnida Shotlandiya klubi Ante Postekoglu o'rniga aynan urainalikni olib kelmoqchi.

"Seltik" Yevropa ligasi ushbu mavsumini ikkita mag'lubiyat bilan boshladi va Shotlandiya chempionatida 10 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun