Andrey Shevchenko nima uchun Ukraina terma jamoasidan ketganini ma'lum qildi

Aziz Tukhtamuradov
4 sen 2021
Andrey Shevchenko matbuot anjumanlaridan birida nima uchun Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimidan ketgani haqida gapirdi.

"Terma jamoa bilan ajoyib besh yilni o'tkazdik va bundan zavq oldik. Biz bir jamoaga aylangandik. O'ylaymanki, barchada men va murabbiylar shtabi terma jamoa bilan shartnomani uzaytirmagani haqida savollar bor. 

Evro-2020dagi mag'lubiyatdan keyin biz terma jamoa bilan shartnomani uzaytirish qaroriga kelgandik. Kievga kelganidan so'ng Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andey Pavelko bilan uchrashdik va u ham bu haqida bilardi. U esa buni hozir muhokama qilishga tayyor emasligini aytdi. Men esa tatilga ketdim. 

Keyin biz Evro-2020 finalida uchrashdik va shartnoma uzaytirish borasida xech qanday gap-so'z bo'lmadi. 

30 iyul kuni shartnoma muddati yakunlandi va men bu haqida ijtimoiy tarmoqda e'lon qildim. Men ketyapman demadim. Biz terma jamoada ishlashda davom etishni istagandik. Haqiqat shu", - dedi Shevchenko. 

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Ukraina terma jamoasini Aleksandr Petrakov boshqarmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.ua