Andrey Shevchenko: "Milan"ni yuqori pog'onalarda ko'rish yoqimli"

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 16:53
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko "Milan"ning so'nggi yutuqlari haqida fikr bildirdi.

"Paolo Maldini "Milan"da yaxshi ish olib bormoqda. Rahbariyatning murabbiy va futbolchilar bilan aloqasi normal holatda. "Milan" azaldan o'zining ambiciyalariga ega bo'lgan. Klub ajoyib mavsum o'tkazmoqda.

"Milan"ning Italiyada nima qilayotganiga hayron emasman. Pioli jamoani oldinga boshlamoqda va o'zining rejalariga ega", - dedi Shevchenko Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport