Andrey Arshavin: “Men istagan jamoalar meni o'z safiga chorlamaydi”

Aslanov Jasurbek
14 dek 2016
“Qayrat” yarim himoyachisi Andrey Arshavin Rossiya chempionati bahslarini kuzatib borishini aytib o'tdi.

-Shunaqa holatlar bo'ladiki, umuman o'yinlarni ko'rmayman. Ammo  tanaffusdan oldingi turdan o'rin olgan barcha uchrashuvlarni kuzatdim.

-Taassurotlaringiz qanday? Aytishlaricha, Rossiya chempionati saviyasi juda pasaygan.

-Agar saviya tushib ketgan deyish mumkin bo'lsa, bu holatga ancha bo'lgan.

-Bu nima bilan bog'liq?

-Jamoalarda mablag' juda kam. Eng asosiy sabab shu.

-Sizni Rossiya chempionatida ko'rishimiz mumkinmi?

-Turnir jadvalining ikkinchi sakkiztaligida to'p tepayotgan jamoalarga borishni istamayman. Agar Rossiyada to'p tepishni istaganimda, “Kuban”da qolgan bo'lardim.  Men to'p tepmoqchi bo'lgan jamoalarga, o'ylashimcha, meni taklif qilishmaydi, -deydi Arshavin “Rossiya 24” kanalining “Futbol Rossii” dasturida qilgan chiqishida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Спорт-Экспресс"