Andrey Melnichuk - "Dinamo"ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014
Dinamo klubi rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, ketma-ket ikkinchi marotaba jamoa darvozaboni Andrey Melnichuk Oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Ikki hafta davomida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, umumiy 432 ta muxlisdan 151 nafari (35%) aprel oyida bo'lgani kabi mayda ham ukrainalik darvozabon va jamoa sardori Andrey Melnichuka ovoz bergan.

Ikkinchi o'rinda qayd etilgan hujumkor yarimhimoyachi Sanat Shixov esa bu borada darvozabonga jiddiy raqobat uyg'otdi. Unga 145 ta ovoz (33,6%) berilgan.

Uchinchi o'rinni esa jamoamizning tajribali hujumchisi Zayniddin Tojiev egalladi. Ushbu hujumchiga 58 ta ovoz, yani 13,4% foiz ovoz berilgan.

Shuningdek, Abdullo Nabiev (33), Azamat Bobojonov (24), Sirojidin Sayfiev (14), va Ildar Mamatkazin (7) singari futbolchilarga ovozlar berilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz