Andre Villash-Boash: "Beyl Krishtianu Ronaldu maydonga tushmagan paytda yaxshiroq o'ynayapti"

Tolibjon Qosimov
26 dek 2013
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boash "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri ekanini ta'kidladi.
Mutaxassisning fikricha Garet maydonga Krishtianu Ronaldu tushmagan paytlarda yaxshiroq o'ynashini aytib o'tdi.

"Beyl jahonning eng kuchli futbolchilaridan biridir. Bu mavsumda u maydonga Krishtianu Ronaldu tushmagan paytda yaxshiroq o'yin namoyish qilyapti. Jamoada shunday darajadagi ikki futbolchi borligida, ulardan foydalanishning ko'plab variantlari mavjud bo'ladi", deya uning so'zlaridan AS iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru