Andre Shyurrle: "Anchadan buyon "Chelsi"da o'ynashni orzu qilardim"
Tolibjon Qosimov
26 okt 2013, 12:47
"Chelsi" yarim himoyachisi Andre Shyurrle anchadan buyon "Stemford Bridj"da o'ynashni orzu qilishini ma'lum qildi.
- Bu anchadan buyon mening orzuim edi, anchadan buyon boshqa klubda emas aynan "Chelsi"da o'ynashni istardim. Mixael Ballak mening eng sevimli o'yinchim bo'lgan, shu bois ham London klubiga kelish asosiy maqsadim edi, - deydi Shyurrle Sky Sports ga.