Andre Onana jarohat tufayli MYUga qaytdi, biroq u jamoaning navbatdagi bahsida maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 noya 2023, 21:58
Andre Onana "Manchester Yunayted"ning navbatdagi o'yinida ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o'tmaiz, MYU posboni Kamerun terma jamoasi safida jarohat olgan edi. Onana Mavrikiyaga qarshi JCH-2026 saralash o'yinining (3:0) 81-daqiqadasida almashtirilgandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Onana yakshanba kuni "Manchester Yunayted" safiga qaytgan. Futbolchi 26 noyabr kuni "Everton"ga qarshi bo'ladigan bahsda ishtirok etishga umid qilmoqda. Kiperning jarohati mushakdagi ortiqcha yuklamalar tufayli yuzaga kelgan, shu sababli uning tiklanishiga kamroq vaqt ketishi mumkin.

Onananing "Everton"ga qarshi bahsda ishtirok etishi futbolchi yaqin vaqt ichida o'tadigan tibbiy ko'rik xulosalariga bog'liq.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN