"Andijon" yoshlar jamoasini Orif Mamatkazin boshqarmoqda

Kecha Sho'rbuloq dahasidagi suniy qoplamali maydonda “Andijon” yoshlar jamoasi Farg'onadan tashrif buyurgan “Dinamo” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Bu uchrashuvda kuchlar teng keldi o'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Yoshlarimizdan golni Shoxsulton Parpiev raqib darvozasiga kiritdi.
Shu kuni yoshlar jamoamizga maydonga Orif Mamatkazin olib tushganini ham aytib o'tish kerak. “Andijon” yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Nozim Mulaoxunov “O'zDongJu”ga o'tib ketgani bois o'rinbosarlarni Mamatkazin va Qahramon Abduqodirov shug'ullantirishmoqda.

Manba: andijon-pfc.uz