

Bosh murabbiy Eldor Sakaev jamoa o'yini kuchaytirish maqsadida Superliga jamoalaridan bir qator yangi futbolchilarni jamoaga taklif etgan. Xususan darvozabonlar, Javohir Qilichev (Bunyodkor), Muhiddin Xudoyorov (Buxoro), himoyachi Vusol Magerramov (Olmaliq) yarim himoyachilar Laziz Ubaydullaev, Sunnatilla Mamadaliev (Sho'rtan) hamda hujumchilar Ravshan Xursanov (Navbaxor), Siroj Meliev (Mashal) ayni damda burgutlarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Jamoa 27 yanvar kuni poytaxt yig'inidagi birinchi nazorat uchrashuvini Bekobodning Metallurg jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Bunyodkor akademiyasining mashg'ulot maydonida, soat 11:00da boshlanadi.



