

Klub tarkib bilan bir qatorda murabbiylar shtabini ham kuchaytirishga urg'u qaratgan. Endilikda Ilhom Mo'minjonovga qozog'istonlik murabbiy Andrey Shumara yaqindan ko'maklashadi. Ma'lumot uchun, Shumara futbolchilik faoliyatida 2006-2007 yillarda O'zbekistonda "Andijon" va "Buxoro" jamoalarida to'p tepgan. Murabbiylikda "Ekibasto'z", "Gefest", "Irtish" klublarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Bunga qadar bekobodliklar murabbiylar shtabida Akmal Ortiqov, Durbek Umaraliev, Oybek Qilichevlar yordam berib kelayotgan edi. Endilikda ular safiga Andrey Shumara ham qo'shildi.



