"Andijon" transferning so'nggida yana ikki nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Khoja
31 iyul 2025
Ikkinchi davra avvalida "Andijon" yana ikkita futbolchi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

"Jamoamizning olib borilgan selekciya ishlari davomida istedodli yoshlar ham tarkibga jalb qilindi.

Jumladan, hujumchi Abdurahmon Abdullaev va yarim himoyachi Muhammadyusuf Mirqodirov “Andijon” bilan shartnoma imzoladilar.

Ma'lumot uchun, Abdullaev 2006 yilning 7 may sanasida tavallud topgan bo'lib, “Paxtakor”da to'p surgan. Undan avval esa “Odil Junior” akademiyasi va “Zomin”da ham faoliyat olib borgan. Abdurahmon O'zbekiston Kubogida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Mirqodirov esa 2005 yilning 7 mart kuni tug'ilgan. Muhammadyusuf ham “Odil Junior” akademiyasi va “Zomin” jamoasida faoliyat olib borgan. Uning oxirgi klubi esa “Surxon”. Futbolchi Superliga va O'zbekiston Kubogida 7 ta o'yinda qatnashgan", - deyilgan klub tomonidan taqdim etilgan xabarda.


KhojaMuallif
Manba: @andijonpfc