

Birinchi davrani 5-o'rinda yakunlagan "Andijon" kechadan yozgi yig'inini boshladi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa Toshkentdagi "Do'rmon" qarorgohida mavsumning ikkinchi qismi uchun tayyorgarlikka kirishdi.
"Burgutlar"ning poytaxtdagi mashg'ulotlari 25 iyulga qadar davom etadi. U yerda uchta nazorat o'yini o'tkazish ko'zda tutilgan.
Jumladan, 16 iyul kuni "Aral", 20 iyulda "Qizilqum" va 24 iyul kuni "Paxtakor"ga qarshi o'rtoqlik o'yinlari rejalashtirilgan.
Kecha "Andijon" bilan shartnoma imzolagan Vagiz Galiulin ham mashg'ulotlarga qo'shildi.
Rasman: "Andijon" Vagiz Galiulin uyiga qaytganini e'lon qildi
Eslatib o'tamiz, bungacha andijonliklar safini Armin Boshnyak va Nodari Kavtaradze tark etishgani haqida xabar berilgandi.


