Andijon - Sho'rtan o'yinoldi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2018
Ma'lumki, bugun PRO-Liganing 5-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Turnir peshqadami Andijon jamoasi o'z maydonida G'uzorning Sho'rtan  klubini qabul qiladi. Kecha mehmonlar tushlikdan so'ng, Andijon shahriga yetib keldi va Oltin vodiy mehmonxonasiga joylashdi.

Kechki paytga Sog'lom avlod stadionida uchrashuv komissari Roman Chernikov boshchiligida har ikki jamoa vakillari ishtirokida o'yin oldi yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Roman Chernikov odatga ko'ra, har ikki jamoa rasmiylariga amal qilinishi kerak bo'lgan jihatlar va taqiqlangan narsalar haqida batafsil tushuncha berib o'tdi.
Tadbir so'nggida har ikki jamoaning bugungi o'yinda qanday rangli libosda xarakat qilishi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, mezbgnlar - Andijon jamoasi oq rangli libosda, mehmonlar - Sho'rtan jamoasi esa ko'k rangli libosda o'ynaydigan bo'ldi.

Ushbu miting-yig'ilish yakuniga etgach, Sho'rtan jamoasi Sog'lom avlod stadionida o'yin oldi mashg'ulotini o'tkazdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати