Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2022-2023 o'quv yili uchun qabul e'lon qiladi

Alisher
25 iyul 2022, 11:55
O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish tizimidagi Andijon shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2022-2023 o'quv yili uchun hujjatlar qabuli 11 iyuldan 6 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Maktab-internatiga qanday hujjatlar qabul etiladi?


- Direktor nomiga ariza,

- Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi,

- 3,5x4,5 hajmdagi 8 dona fotosurat,

- Baholar tabeli nusxasi,

- O'quvchining sport pasporti nusxasi (agar mavjud bo'lsa),

- Tibbiy ma'lumotnoma (F-0,86-U , F-0,26-U), umurtqa rentgen tasviri,

- O'quvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa),

- Maktab direktori yoki psixolog va sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma kerak bo'ladi.


Maktab-internatiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?


- 5-sinfga:

-  Boks - Og'ir atletika

- Engil atletika

- Gandbol sport bo'limlariga o'quvchilar qabul qilinadi.

Maktab-internatida sport yo'nalishidagi maxsus fanlar bilan bir qatorda barcha umumtalim fanlari ham to'liq o'tiladi. Maktab-internatida 4 mahal ovqat va uzoq masofadan kelgan o'quvchilar yotoqxona bilan taminlanadi.

Shoshiling! Kvotalar chegaralangan, farzandingizni jismonan sog'lom, har tomonlama etuk va barkamol o'sib ulg'ayishida o'z hissangizni qo'shing


Manzil: Andijon shahar, 3-kichik daha, Xalqlar do'stligi stadioni

Ma'lumot uchun telefonlar : +99890-140-31-31 +99890-253-54-95 (qabul hayati).


AlisherMuallif
Manba: championat.asia