"Andijon": “Lokomotiv-BFK” bilan uchinchi to'qnashuv! Prevyu

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2017, 11:05
Bugungi raqibimiz Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasi 2006 yili tashkil topgan.

Ko'pchilik ushbu jamoani oliy liga ishtirokchisi “Lokomotiv”ning farm-klubi deb biladi. Ammo unday emas. “Lokomotiv-BFK”ning o'z yo'nalishi bor. Jamoa asosiy e'tiborini yoshlarni yetishtirib chiqarishga qaratgan. Joriy mavsum “Lokomotiv-BFK” ga Vohid Xolboev ustozlik qilib kelmoqda. Yuqorida aytib o'tganimizdek, jamoaning o'zagini asosan yoshlar tashkil etadi. Eng tajribali o'yinchisi sifatida himoyachi Rustam Yaralievni aytish mumkin. Shuningdek oliy ligada “Metalurg” va “Sho'rtan”  jamoalarida o'ynab tajribasini boyitgan Sardor Rasulov ham joriy yil “Lokomotiv-BFK” sharafini himoya qilmoqda. E'tiborlisi bu yil ushbu jamoa safiga andijonlik Abdumutallib Iskandarov qo'shilgan. 

 “Temiryo'lchilar” bilan  2013 yilgi mavsumda ikki bor to'qnash kelganmiz.  Demak, bugun o'zaro rasmiy uchinchi to'qnashuvimiz bo'ladi.

2- tur. 31 mart (yakshanba) 2013 yil

Andijan – Lokomotiv-BFK - 3:0.

Andijon. 4812 tomoshabin.

Hakamlar: R. Tolibjonov, R. Fozilov, E. Tursunov, Z. Abdurahmonov.

Nazoratchi: R. Saidov.

Gollar: Davron Tursunov (2), Lochin Soliev (25), Andrey Sidorov (75).

Amalga oshirilmagan penalti: B. G'oziev (Andijan) 90+1.

Ogohlantirishlar: Ikrom Ibragimov (23), Bahrom Abdurahimov (35), Temur Hakimov (61) – Botir Latipov (37), Jasur Mirzaboev (43), Aziz Qurbonaliev (90).

Chetlatish: B. Latipov (ikkinchi sariq, 61).


21-tur. 6 iyul (shanba) 2013 yil

Lokomotiv-BFK – Andijon – 0:2 (0:1).

Toshkent. 217 tomoshabin.

Hakamlar: Dilshod Karimov (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), F. Yarmuxamedov (Toshkent), A. Rubakov.

Nazoratchi: R. Mo'minov (Toshkent).

Gollar: Rahim Qodirov (5), Alisher To'xtasinov (52).

Ogohlantirishlar: Jasur Mirzaboev (22), Jahongir Ishokov (80), Azamat Komiljonov (84) – Temur Xakimov (32), Aleksandr Lupashko (72).



"Andijon" klubi matbuot xizmati

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia