"Andijon" - "Lokomotiv". Aliboev o'yinni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2016, 08:53
Bugun oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Lokomotiv" bugun tongda vodiy tomon yo'lga chiqdi. Andijonga ketganlar orasida jarohatini davolagan Server Jeparov ham bor. Biroq boshqa bir yarim himoyachi Ikrom Aliboev "temiryo'lchilar" bilan birga ketmagan. Futbolchini o'tgan yil olgan jarohati yana bezovta qilgani ma'lum bo'ldi. Shunday qilib, Aliboev "Andijon"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvi 11 mart kuni soat 16:30da Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadionida boshlanadi. 

"Lokomotiv" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia