"Anderlext" Nasri bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Alisher
20 apr 2020
"Anderlext" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Samir Nasrining aloqaga chiqmasligi sabab jiddiy choralar ko'rmoqchi.

Futbolchi koronavirus tufayli chempionatdagi pauzadan so'ng formasini ushlab turish uchun Dubayga uchib ketgan. Ammo, o'yinchi haligacha klub bilan aloqaga chiqmagan.

"Anderlext" rahbariyati esa 32 yoshli fransiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Bitim 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Samir Nasri joriy mavsum jamoa safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail