

Di Mariya va Xames Rodrigez umuman boshqa-boshqa futbolchilar. Ularni taqqoslashdan avval shuni yaxshilab bilib olish zarur. Anxel o'yinni o'z qo'liga olardi, ammo ko'p vaziyatlarda noto'g'ri qarorlar ham chiqarardi.
Toni Kroos ham "professor" futbolchi. Toni Alonsoni vazifalarini munosib tarzda bajarmoqda. Toni o'yinni "o'qiy" oladi. Kroos o'z joyini tark etmaydi. U jamoa uchun juda muhim futbolchi. O'yinimiz Toni Kroos orqali yaratiladi. Qo'shimchasiga u hali yosh. Toni butun o'yin davomida bir darajada mukammal o'ynay oladi. To'g'ri to'p oshirishlari, raqibni xato qilishga majbur qilishi va to'pni yo'qotmasligi uning muhim jihatlaridan biri.



