Anchelotti: "Umid qilamanki, Mbappe "Real" afsonasiga aylana oladi"

Omonjon To`xtamirzayev
1 apr 2025
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti fransiyalik Kilian Mbappe klubda Krishtianu Ronalduning bosib o'tgan yo'lini takrorlay oladimi, degan savolga javob berdi.

"Bu qiyin, lekin Mbappe uzoq yillar "Real" tarixida Ronaldu bilan bir qatorda tilga olinishini istayman. Kilianda bunga erishish uchun barcha imkoniyat, hislatlar mavjud va umid qilamanki, u klub afsonasiga aylanadi. U buni uddalay oladi. Krishtianuning bu erda ta’siri u urgan gollar bilan cheklanib qolmagan".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS