Anchelotti terma jamoalarning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi

Alisher Ostonov
22 fev 2026
Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbariyati Karlo Anchelotti bilan 4 yillik yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Italiyalikning maoshi yiliga 40 million evro atrofida bo'lishi mumkin, bu esa uni terma jamoalarning dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylantiradi.

Mutaxassisning amaldagi shartnomasida Braziliya 2026 yilgi jahon chempionatida g'alaba qozonsa, 5 million evro bonus ham ko'zda tutilgan.

Anchelotti Braziliya terma jamoasini 2025 yilning may oyida qabul qilib olgan. Uning qo'l ostida jamoa sakkizta o'yin o'tkazdi: to'rtta g'alaba, ikkita durang, ikkita mag'lubiyat.

Bungacha 66 yoshli mutaxassis "Milan”, "Real”, "Yuventus”, PSJ, "Bavariya”, "Everton" va "Napoli" klublarida ishlagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: AS