Anchelotti soliq to'lamaslik ishi bo'yicha Madrid sudiga chaqirildi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2025
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2 aprel kuni Madridda soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanib sudga tortilishi kutilmoqda.

2014-2015 yillar oralig'ida murabbiy faqat klubdagi ish haqidan soliq deklaraciyasini taqdim etgan va to'lagan, boshqa manbalardan olingan daromadlarni esa e'tibordan chetda qoldirgan.

To'lanmagan soliqlarning umumiy miqdori 1 062 000 evroni tashkil qildi. Agar Anchelotti aybdor deb topilsa, 4 yilu 9 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo