

"Paolo Maldini faoliyati davomida "Oltin to'p"ga loyiq edi. Uning bu sovrinni olmaganiga yagona sabab – himoyachi ekanligi", – dedi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, Maldini 1984 yildan 2009 yilgacha "Milan" sharafini himoya qilgan. "Rossoneri" bilan birga 7 marta Italiya chempioni bo'lgan va 5 marta UEFA Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Italiya terma jamoasi tarkibida 126 o'in o'tkazib, 7 ta gol urgan.



